"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu muxlislarni jamoaning Çempionlar Ligasidan çiqib ketganidan umidsizlanmaslikka çaqirdi.
"Biz osoyişta qolişimiz kerak. Futbol özi şunday, yutişing ham, yutqazişing ham mumkin. Biroq senda qaytişga doimo imkoniyat böladi.
Atrofda hukm surayotgan umidsizlikni hisobga olib, muxlislarni tinçlanişga çaqiraman. Biz klub tarixida 6 marta bir mavsumda ham çempionatni, ham Kubokni yutganmiz.
Bizda bu muvaffaqiyatni qaytarişga imkoniyat bor, şuning uçun biz muxlislarni yaqin oradagi öyinga taşrif buyurişni va jamoani qöllab-quvvatlaşlarini söraymiz. Ikki musobaqada ğalabaga erişiş ham ajoyib natija böladi", deb aytdi Bartomeu.






