Kobi Brayantning sönggi öyinida 1,2 million dollarlik suvenir sotildi. Staples Center basketbol stadioniga egalik qiluvçi kompaniya vitse-prezidentining sözlariga köra, uşbu körsatkiç bir kun içida suvenir sotiş böyiça jahon rekordi hisoblanadi.

Öyin oxiriga kelib, narxlarning baland bölişiga qaramay, kökrak nişonlar, tangalar va öyin liboslari sotib bölingan. Hatto har biri 824 dollar turadigan 248 dona maxsus maykalar ham öz xaridorlarini topgan.

Xarid çeklarining örtaça summasi 230 dollarni taşkil etgan.

Ikki karra Olimpiya çempioni Kobi Brayant 13 aprel kuni MBAda (Milliy basketbol assotsiatsiyasi) basketbolçilik faoliyatidagi özining oxirgi öyinini ötkazdi. 37 yoşli sportçi 42 daqiqa davomida 60 oçko töplaşga muvaffaq böldi.