2016 yil 16 aprelida Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligida videoselektor şaklida hay'at yiğilişi bölib ötdi. Unda, Mehnat vazirligining hududiy bölimlari va vazirlik qoşidagi taşkilotlar rahbarlari, şuningdek, OAV vakillari qatnaşdilar.
Hay'at raisi, mehnat vaziri A. Abduhakimovning qayd etişiça, prezident Islom Karimovning 22 fevraldagi «Aholining yordamga muhtoj qatlamini ijtimoiy muhofaza qiliş va tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada takomillaştiriş çora tadbirlari töğrisidagi» farmoni bilan, Özbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligi qayta taşkil etilib, Mehnat vazirligiga aylantirildi.
Hujjatga muvofiq, avvalgi vazirlikning aholini ijtimoiy himoya qilişga doir vazifasi, xususan nogironlar, nogiron bolalar, uruş qatnaşçilari, veteranlar, qarovçisi yöq yolğiz qariyalar va aholining boşqa yordamga muhtoj qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam körsatiş, şuningdek, imkoniyati çeklangan fuqarolarni kasbga qayta tayyorlaş va öqitişni taşkil etiş kabi vazifalari Respublika Soğliqni saqlaş vazirligi ixtiyoriga berilgan. Bundan taşqari, nogironlar va qariyalar uçun möljallangan «Muruvvat» va «Saxovat» mehribonlik uylari, nogironlarni protezlaş va reabilitatsiya milliy markazi, nogironlarni reabilitatsiya qiliş hududiy markazlari, uruş va mehnat faxriylari uçun sanatoriya va pansionatlar, imkoniyati çeklangan şaxslar uçun Toşkent va Farğonadagi Respublika maxsus kasb-hunar kollejlari hamda poytaxtdagi 2 yuridik kolleji ham Özbekiston soğliqni saqlaş vazirligi ixtiyoriga ötkazildi.

Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy yordam beriş va tayinlaş majburiyati Moliya vazirligiga berilgan, (pensiya bilan ta'minlaş vazifasi 2010 yildan Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamğarmasi vakolatiga kiradi).
Şu munosabat bilan, Mehnat vazirligi endilikda, mehnat va aholi bandligi, mehnat xavfsizligi, mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qiliş, mehnatga haq tölaş usullari, işga joylaşişga kömaklaşiş, aholining işsiz qatlamini, birinçi navbatda yoşlar, ayollar va nogironlarni professional kasbga öqitiş va qayta tayyorlaş vazifalari bilan şuğullanadi. Bundan taşqari, mehnat va bandlikni himoya qiliş sohasida qonun talablariga rioya etişni nazorat qiliş majburiyatini ham Mehnat vazirligi ado etadi. Uşbu özgarişlar, aholini işga joylaştiriş masalalari bilan jiddiyroq şuğullaniş, uşbu yönalişda olib borilayotgan işlarni yangi sifat darajasiga kötarişga yordam beradi, degan mehnat vaziri Abduhakimov.

Hay'at yiğilişida, vazirlik va uning bölimlarining 2016 yil birinçi çoragidagi faoliyatiga oid hisobotlari tinglandi. 2016 yilgi prognoz körsatkiçlarni amalga oşiriş çoralari töğrisida fikrlar almaşildi. Işga joylaştiriş, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qiliş hamda hisobot davrida mehnatni muhofaza qilişga doir masalalar muhokama etildi.
Şu bilan birga, «Soğlom ona va bola yili» Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalarni bajarişga oid masalalar körib çiqildi. Bundan taşqari, ijro intizomi masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaş töğrisidagi ma'lumotlar muhokama etildi.
Hay'at yiğilişi sönggida, majlis qatnaşçilari va OAV vakillari, Vazirlar mahkamasining 2016 yil 22 martdagi №219-f farmoniga muvofiq ötkazilgan, Mehnat vazirligi xodimlarining attestatsiyasi natijalari bilan taniştirildi. Majlis yakunida tegişli qarorlar qabul qilindi.






