Rejissyor Akrom Isoqov yangi — “96 soat” nomli filmga qöl urdi. Film vaqti 2 soatdan iborat bölib, “film serial tarzida suratga olindi”, “Yodgor börilar taqibiga uçradi” kabi miş-mişlarni uning rejissyori Akrom Isoqov inkor etdi.

Akrom Isoqov: — Filmda hayotda röy berayotgan adolatsizliklar, oqibatsizliklar va dahmazalardan qoçib, buvisinikiga ketayotgan Zokir örmon içida adaşib qoladi. Şunda tösatdan jarlik içiga tuşib ketib, 96 soat davomida qolib ketadi. Aslida odam jarlik içida bir haftadan ortiq yaşay olmaydi.
Xöş, unda film qahramoni Zokir jarlik içida qanday qilib 96 soat yaşay oldi?

Bu savolga, albatta, filmni körgaç javob topasiz.

— Film orqali sevgi-muhabbat, boy va kambağal mavzularidan farqli ölaroq ayni paytda oramizda kötarilib borayotgan mehr-oqibat, öz baxtsizligimizga köproq özimiz sababçi bölişimiz haqida aytmoqçi böldik, deydi rejissyor biz bilan bölgan eksklyuziv suhbat davomida.

Filmda boş rollarni xonanda Yodgor Mirzajonov hamda poytaxtimizdagi Abdulla Qahhor nomli Satira teatrida faoliyat yuritib kelayotgan aktrisa Barçin Ğofurova ijro etgan. Şuningdek, rollarda artistlardan Yodgor Mirzajonov, Bekzod Muhammadkarimov, Karim Mirxodiyev, Lola Eltoyeva, Dilmurod Qambarov, Elyor Nosirov va Mahfuza Bobotillayeva kabi aktyorlarni uçratişingiz mumkin. Operator Xusan Aliyev.

Ayni paytda filmning montaj işlari yakunlangan. Tez orada “Yoşlar” telekanali orqali tomoşa qilişingiz mumkin.

— Filmni suratga oliş jarayoni Toşkent viloyati, Parkent tumanidagi “Sanganak” qişloğida bölib ötdi. Suratga oliş davomida albatta, turli murakkab xodislarga duç keldik. Ba'zi saytlar “Yodgor Mirzajonovni böri quvibdi”, deya bir oz oşirib yuborişibdi, bunday bölmadi. Aslida filmda börilar kadrini qöşiş niyatimiz ham yöq emasdi. Ammo börilarni örgatiş juda qiyin va xavfli bölganligi bois bu fikrdan qaytdik. Jarlik tasvirlari bir oz işonarli çiqişi uçun suratga oliş jamoasi Sanganak qişloği aholisi bilan birgalikda 10 m dan iborat çuqurlik qazişga töğri keldi. Zokir — Yodgor Mirzajonov rostdan ham şu çuqurlikka tuşib ketadi. Ayrim murakkab holatli kadrlarni kaskadyor yordamida suratga oldik. Çuqurlikdan çiqişga har qança urinmasin, tuproq juda mayin bölgani uçun uddasidan çiqolmaydi. Şunda 96 soat davomida jarlikda qolib ketib, hayotda özi tutgan yölning qay darajada töğri va notöğriligi, bosib ötgan umr yöllarini öziça tahlil qilib köradi, — deydi rejissyor.

Film Içki işlar vazirligi bilan hamkorlikda suatga olindi. Öylaymizki, film va unda kötarilgan mavzu muxlislarga manzur böladi.

Feruza Nodirova (jurnalist va prodyusser): —
— Yodgor filmda ayrim kadrlarni ijro etişda bir oz qiynaldi, yiqilib, yuzlari şilinib ketdi. Yodingizda bölsa, Yodgor Mirzajonov ilk marotaba “Sevgi fazosi” filmida ijro etgan edi. Bugungaça rejissyorlardan tuşgan takliflar ma'qul bölmagani bois heç qanday filmda öynamadi.

“96 soat” nomli filmdagi roli esa uning aktyorlik mahoratidagi oçilmagan qirralarini namoyon etadi degan umiddamiz.