16 aprel kuni ÖFF Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov taşkilot vakillari bilan Andijonda bölib, “Andijon” klubi hamda viloyat futbolga ixtisoslaşgan maktab-internatida murabbiy va mutaxassislar bilan uçraşdi. Fursatdan foydalanib, futbolimiz ma'sul rahbarini suhbatga tortdik.

-Asqar aka, uşbu uçraşuvlardan közlangan maqsad haqida gapirib bersangiz?
-Biz Andijonga kelişdan oldin Farğona va Namanganda bölib, har ikki viloyatning asosiy jamoa vakillari bilan uçraşdik. Bunday tadbirlarni ötkazişdan maqsad joylarda turli yoşdagi terma jamoalarimiz a'zolari va nomzod futbolçilarga bölgan e'tiborni oşiriş, ularning xalqaro öyinlarga bölgan tayyorgarligida nafaqat markazimiz hamda futbol federatsiyalari, balki ularni tarbiyalayotgan öquv dargohlari va murabbiylarining ham ma'suliyati katta ekanligi borasida suhbat qurişdan iboratdir. Nufuzli musobaqalarda iştirok etişi kutilayotgan futbolçi va nomzodlar bilan jismoniy va tarbiyaviy omillar böyiça individual şuğullaniş, ularning soğligiga alohida e'tibor qaratiş lozim. Futbolçilar turnirdan qaytganidan söng tiklaniş jarayonida tibbiyot xodimlarining örni haqidagi masalalarga alohida töhtalib ötdik. Murabbiylar öyinçilarni jismoniy va amaliy maşğulotlarda bilim beriş bilan birgalikda, terma jamoa safida maydonga tuşişning öziga hos ma'suliyatga ega ekanligini yoş iqtidor egalariga jiddiy tarzda yetkazib, ularda vatanparvarlik ruhini oşirişi va tarbiyaviy işlarni maromida olib borişi lozim.
-Darhaqiqat, har qanday futbolçining kelajakda saviyali sportçi bölib, milliy terma jamoa safida töp surişi uçun poydevor aynan futbol maktablarida qöyiladi...
- Aynan şunday. Viloyatlarimizda terma jamoa safida öynaşga qodir bölgan iqtidorli bolalarni köplab topiş mumkin. Bu albatta, joylarda iş olib borayotgan murabbiy va mutaxassislarning samarali mehnati natijasidir. Futbolçining yuqori saviyada öyin körsatişi öz-özidan şakllanib qolmaydi. Milliy terma jamoada töp surişda iqtidor bilan birgalikda saralangan jamoada töp surişga yetarli darajadagi salohiyat va bilim saviyasi ham bölişi darkor. Murabbiylarimiz nomzod futbolçilarga öz ustida tinimsiz mehnat qiliş orqaligina saralanganlar orasida öz örnini topib ketişlarini tuşuntirib borişlari maqsadga muvofiq bölar edi. Federatsiyamiz tomonidan oliy liga va muntazam ötkazib boriladigan turli yoşdagi futbolçilar örtasidagi musobaqalarda nomzodlarni közdan keçirib boramiz. Ayni paytda Andijonda ham turli yoşdagi terma jamoalar safida öynayotan va nomzod sifatida körilayotgan bir qator futbolçilar bor. Ötkazilgan suhbatlar davomida ular bilan maşğulotlar qay darajada olib borilayotgani bilan qiziqdik va mutaxassislarimiz tegişli maslahatlarni berişdi. Öylaymanki, uyuştirilgan tadbirlar milliy terma jamoalarimiz rivoji yölida xizmat qiladi.
-Bunday uçraşuvlar barça viloyatlarda ötkaziladimi?
-Terma jamoalarda barça viloyatlardagi futbolçilarning iştirok etişi maqsadga muvofiq. Yuqoridagi tavsiyalar böyiça yurtimizning barça viloyatlari oliy va birinçi liga jamoalari hamda futbol maktabi va internatlarida suhbatlar ötkazilişini rejalaştirganmiz.

- Sizga barça muxlslarni qiziqtirayotgan savol bilan murojaat qilmoqçiman. Savolim, milliy terma jamoamizning saralaş bahslari oldidan örtoqlik öyinlarini ötkazişi haqida...
- Terma jamoalar markazi bu borada öz rejalarini işlab çiqqan. Milliy termamiz iyun oyida ikkita örtoqlik öyinlarini ötkazadi. Söng iyul oyi davomida öquv-yiğinlariga töplanamiz. Avgust oyida ham yana bitta örtoqlik öyini bor. Yoşlar va ösmirlar terma jamoasi ham oldindan tayyorlangan reja asosida yiğin va örtoqlik öyinlari ötkazadi.
- Suhbat uçun taşakkur.
Elmurod ERMATOV suhbatlaşdi






