Uluğ ajdodlardan meros bölgan va bugun yurt şon-şavkatiga aylangan ölmas, tabarruk, betakror madaniy obidalar har bir Özbekistonlik qalbida iftixor tuyğusini qözğaydi.

Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Bulunğur tuman Kengaşi “Yoşlar qanoti” tomonidan 2016 yil 16 aprel kuni Bulunğur tumani Erganakli MFY xuxudida joylaşgan “Xöja Xofiz Merosiy” ziyoratgoxida Bulunğur tumanining bir gurux yoşlari bilan “Tarixdan sado beruvçi obod göşalar ” şiori ostida xayriya xaşar aksiyasi ötkazildi.

Aktsiya davomida yoş haşarçilar, kuç-quvvati jöş urib turgan, milliy burç-iftixori balqigan, duotalablar tomonidan 0,5 gektarga yaqin maydon obodonlaştirildi, Yodgorlik hovlisi oldidagi joylar tozalandi, tevarak-atrof kukalamzorlaştirildi. Gullar ekildi. Daraxtlar va tusinlar oqlandi.

Partiyaning yoşlarga oid vazifalarini röyobga çiqarişda, ularni milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analarimizni e'zozlaş, tarixga qiziqtiriş, tarida ötkan uluğ ajdodlarimizni munosib farzandlar bölib yetişişlari uçun munosib şaroitlar yaratişda özining munosib xissasini qöşadi.

Vatanimiz xududida e'tirof etiş kerakki, bugungi kunda mafkuraviy bağrikenglik ezgu niyatlar va maqsadlarimizni ruyobga çiqarişga zamin tayyorlamokda. Demak, bu ğoya tinçlik, barqarorlikni mustahkamlamoqda. Zeroki, xalqimizning asosiy maqsad- muddaolari milliy istiqlol ğoyasi asrlar davomida şakllangan uluğ bobokalonlarimizning ölmas merosidan oziqlanadi, yurt tinçligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlaydi.

Bu an'analarni yoşlar ongiga singdirib boriş va bu borada ularning faolligini oşiriş maqsadga muvofiqdir. Çunki, xalqaro maydonda nufuzi tobora yuksalib borayotgan mustaqil Özbekistonning tub islohotlaridagi boş ğoyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etişdir. Bu esa, ölmas e'tiqodimiz sifatida qon-qonimizga, ongu şuurimizga singib ketgan mana şu qutluğ zaminimizda tuğilib yaşagan va muborak ilmu amallari qalbimizda çeksiz ehtirom uyğotganlarning sobitqadamlik bilan jismi ona zaminimizga qönim topgan hamda ruhi-poklari tevarak-atrofimizda uçib yurgan joylarni haşar yuli bilan obodonlaştiriş, uluğlarning fazilatlari, madaniy merosini barqaror-barhayotlaştiriş ajdodlar xotirasiga munosib ehtirom körsatiş şarafli burçimizdir.

ÖzMTDP Bulunğur tuman

Kengaşi raisi A.Şokirov