Toşkentda davom etayotgan dzyudo böyiça Osiyo çempionatining ikkinçi kun bellaşuvlari doirasida Özbekiston terma jamoasi a'zosi, +100 kg vaznda iştirok etuvçi Abdullo Tangriyev öz vazn toifasida sovrindor böldi.
Dastlab qozoğistonlik raqibini mağlubiyatga uçratgan Abdullo Tangriyev yarim finalda yana qirğizistonlik Yuriy Krakovetskini doğda qoldirib, final yöllanmasini qölga kiritgandi. Hal qiluvçi bahs yaponiyalik polvon Kokoro Kageuraga qarşi ötkazildi. Bu bellaşuv Tangriyevning mağlubiyati bilan yakunlandi va u kumuş medalga ega böldt. Endilikda, Özbekiston terma jamoasi hisobida 3ta kumuş va 3ta bronza medal bor.
Avvalroq özbekistonlik dzyudoçilardan Diyorbek Örozov (-60 kg) va Soyib Qurbonov (-100 kg) kumuş, Mirali Şaripov (-73 kg) hamda Ramziddin Saidov (-100 kg) hamda Gulnoza Matniyozova (-70 kg) esa bronza medallariga sazovor bölgandi.
Yana bir Özbekiston sportçisi ğoliblik şohsupasiga çiqişda omadsizlikka uçradi. Joriy yil Budapeştda bölib ötgan Gran-pri ğolibi Yaxyo Imomov bronza medali uçun keçgan bahsda qozoğistonlik Aziz Kalkamanuliga imkoniyatni boy berdi.
Bugun bellaşuvlar yakunlanadi. Sönggi kun dasturida jamoaviy bahslar ötkaziladi.
16 aprel kuni uşbu yönalişda qur'a taşlandi. Unga köra, Özbekiston vakillari birinçi davrada Pokiston termasiga qarşi bahs olib boradi. Bu terma jamoa mağlub etilsa, katta ehtimol bilan keyingi davrada Janubiy Koreya termasi raqib böladi. Özbekistonlik qizlar esa dastlabki bosqiçda Xitoy terma jamoasi tösiğidan ötişga urinib köradi.






