AQŞ qurolli kuçlarining Yevropadagi qömondonligi vakili Denni Xernandes Rossiyaning Su-27 qiruvçi samolyoti Boltiq dengizi ustida AQŞning RC-135 razvedkaçi samolyotidan 15 metr uzoqlikda "tajovuzkorona harakatlar" amalga oşirganini ma'lum qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda. 

Xernandes bu voqea 14 aprelda yuz berganini aytdi. Uning aytişiça, Rossiya samolyoti AQŞ samolyoti qanotidan 15 metr uzoqlikda uçib ötib, unga nisbatan "beqaror va tajovuzkorona harakatlar" amalga oşirgan.

"Bir uçuvçining xavfli va noprofessional harakatlari ikki davlat örtasidagi munosabatlarning keskinlaşişiga olib kelişi mumkin edi", deb aytdi Xernandes.

Xernandes RC-135 samolyoti Su-27 tomonidan xavfli va noprofessional tarzda ta'qib qilingani hamda AQŞ samolyoti Rossiya hududiga kirmaganini ta'kidlab ötdi.

Avvalroq Rossiyaning Su-24 samolyoti Boltiq dengizida AQŞning "Donald Kuk" raketa esminetsi ustidan uçib ötgani ma'lum qilingandi.