Saudiya Arabistoni neft qazib oliş hajmini kuniga 1 mln barrelga zudlik bilan oşira olişini ma'lum qildi. Bu haqda valiahd şahzoda örinbosari Muhammad ibn Salmon ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Salmon Saudiya Arabistoni agar asosiy iştirokçilar, jumladan Eron ham rozi bölsagina neft hajmini muzlatişga rozi bölişini ta'kidlab ötdi.

Uning aytişiça, "agar ular istasalar" zudlik bilan neft qazib oliş hajmini 6-9 oy içida kuniga 11,5 mln barreldan 12,5 mln barrelgaça oşirişlari mumkin.

Agar Saudiya Arabistoni neft sanoatiga investitsiyalarni oşirsa, unda bu hajmni 20 mln barrelgaça ham oşirişi mumkin, deb qöşimça qildi Salmon.

"Men biz köproq neft olişimiz kerak, deb aytmoqçimasman, biroq biz buni qila olamiz", deb aytdi Salmon. Uning aytişiça, Saudiya Arabistoni kuniga 20 mln barreldan köproq neft qazib ololmaydi.