Italiya A seriyasining 33-turida «Roma» «Atalanta» maydoniga safar qildi va 3:3 hisobidagi durangni qayd etdi.
Öyinning 27-daqiqasidayoq rimliklar Luka Din va Radja Nainggolan urgan gollar evaziga 2:0 hisobida oldinga çiqib olişgandi. Ammo mezbonlar iroda namoyiş etib birinçi taymning özidayoq Marko D'Alessandro va Marko Borrello gollari evaziga hisobni tenglaştirişdi.
Ikkinçi bölim boşida «Atalanta» oldinga taşlandi va rimliklar jamoasining sobiq futbolçisi Borrello yana bir bor gol urib, hozirgi jamoasini oldinga olib çiqdi. «Roma»ni zaxiradan öyinga qöşilgan tajribali futbolçi Françesko Totti mağlubiyatdan qutqarib qoldi: 39-yoşli hujumçi öyinning 85-daqiqasida hisobni tenglaştiruvçi gol muallifiga aylandi.
Endilikda «Roma» 65 oçko bilan turnir jadvalida uçinçi örinda joylaşgan, «Atalanta» esa 37 oçkosi bilan 14-örinda qolmoqda.
Italiya - A Seriya A. 33-tur
Atalanta (Bergamo) – Roma (Rim) – 3:3
Gollar: Din, 23 (0:1); Nainggolan, 27 (0:2); D'Alessandro, 33 (1:2); Borrello, 37 (2:2); Borrello, 50 (3:2); Totti, 85 (3:3).
Ogohlantirişlar: Borrello, 51; Maziyello, 55; Raymondi, 90; Kurtiç, 90+4 – Jukanoviç, 35; De Rossi, 67; Jyeko, 90; Manolas, 90+4.






