Gimnastika böyiça Özbekiston terma jamoasi a'zosi, uç karra jahon çempioni Oksana Çusovitina Rio-de-Janeyroda 2016 yil bölib ötadigan Olimpiada öyinlari test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötdi va Olimpiadaga yöllanmani qölga kiritdi. Bu holatda sportçi Olimpiada öyinlarida yetti marta iştirok etadigan tarixdagi birinçi gimnastikaçi böladi.

Olimpiada oldi test musobaqalarida 40 yoşli Çusovitina yakunda 45-örinni qayd etgan. U qölga kiritgan natija uning Rio-2016 öyinlariga borişini ta'minladi.

Oksana Çusovitina oltita Olimpiadada iştirok etgan tarixdagi yagona gimnastikaçi hisoblanadi. Sportçi 1991 yilda Sobiq Ittifoq tarkibida AQŞning Indianapolis şahrida ötgan jahon çempionatida 2 ta oltin medal va bitta kumuş medal yutgan holda özining debyutini boşlagan.

Barselonadagi 1992 yilgi Olimpiadada Çusovitina MDHning birlaşgan jamoasi tarkibida jamoaviy musobaqalarda Olimpiya çempioni bölgan. Sportçi, şuningdek, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasining kumuş medali sohibasi, jahon çempionatlarining 3 karra çempioni, 4 karra kumuş va 4 karra bronza medallari sohibasi hisoblanadi.
Çusovitina, şuningdek, Germaniya terma jamoasi safida ham iştirok etgan.