Efiopiyaning janubi-ğarbidagi Gambela şahrida (Janubiy Sudan çegarasidan 50 km uzoqlikda joylaşgan) qurolli hujum oqibatida 140 ga yaqin odam halok böldi. Bu huqda 17 aprelda AFP axborot agentligi xabar berdi.
"Murle (Sudanning 230 mingga yaqin aholisi bölgan, asosan Janubiy Sudan va Efiopiya bilan çegaradoş bölgan hududlarda yaşaydigan elat) Gambela şahrida qurolli bosqinçilik sodir etdi, buning oqibatida 140 ga yaqin odam halok böldi. Bundan taşqari, köpçilik öğirlab ketilgan", deb ma'lum qildi Efiopiya taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Tevolde Mulutega. "Bizning qurolli kuçlar vakillari bosqinçilarni taqib qilişi natijasida ularning köpçiligi öldirildi", deb aytdi diplomat.
Diplomatning aytişiça, "çorvaçilik kuçli rivojlangan Efiopiyaning Janubiy Sudan bilan çegaradoş hududlariga bunday bosqinçiliklar köplab sodir etiladi". "Bu hujumgaça murle elati tomonidan bunday hujumlar bölgandi. Ular çorvani öğirlaş maqsadida hujum qiladi. Biroq, şubhasiz, bunday katta kölamdagi hujum hali bölmagandi", deb aytdi Mulutega.






