Belgiya içki işlar vaziri Yan Yambon De Standaard naşriga bergan intervyusida belgiyalik musulmonlarning köp qismi terroristik hujumlar uyuştirilganidan keyin xursandçilik bilan "raqsga tuşgan"ini ta'kidladi.

U şuningdek, Parijdagi teraktlar taşkilotçisi Saloh Abdusalom qölga olinganda, Molenbek kommunasi aholisi politsiya va jurnalistlarga toş va şişa butilkalar otganini aytgan.

"Jamiyatdan terrorçilarni yöqotişimiz mumkin, biroq bu davolaş qiyin bölgan yiring ostidagi ösimta kabidir", - degan vazir.

Yambon uçinçi va törtinçi avlod yoşlarining radikalizatsiyasi bilan boğliq xavf "haddan taşqari çuqur örnaşib olgani", çunki Belgiya "köp yillar xavf-xatar signallarini inkor qilib kelgan"ini aytib ötgan.

22 mart kuni Byusselda uçta portlaş sodir böldi, buning natijasida 32 nafar kişi halok bölgan. Terakt uçun javobgarlikni IŞID taşkiloti öz zimmasiga olgan.