Braziliya kongressi deputatlar palatasining uçdan ikki qismi, ya'ni 342 nafar deputat 17 aprelda mamlakat prezidenti Dilma Rousseffning impiçmenti (muddatdan avval iste'foga çiqariliş) uçun ovoz berdi.

Şu tariqa, impiçment ğoyasi deputatlarning köpçilik qismi ma'qullaşini oldi, biroq ovoz beriş jarayoni hali davom etmoqda. Impiçment böyiça yakuniy qarorni oliy palata – Senat qabul qiladi. Senatda 10 kun davomida maxsus komissiya tuzilib, söngra senatorlar impiçment masalasi böyiça ovoz berişlari kerak böladi.

Prezidentning öz lavozimidan 180 kunga vaqtinçalik çetlatiş uçun kamida 41 senatorning ovozi, yakuniy impiçment uçun esa Oliy sud rahbari raisligida senatning alohida yiğilişini ötkaziş va kamida 54 ovoz töplaş kerak böladi. Bu holda Braziliya rahbari majburiyatlarini 2018 yilgi saylovlargaça vitse-prezident Mişel Temer bajaradi.

Braziliya muxolifati prezidentning iste'foga ketişiga hamda unga nisbatan soliq qoidabuzarliklari va davlat mablağlarini öz manfaatlari yölida işlatişda aloqadorlikka gumon qilgan holda tergov ötkazişga erişişga urinmoqda.

Deputatlar palatasida impiçment böyiça muhokama keskin tarzda ötdi. Har bir deputat mikrofon yoniga kelib, 10 soniya içida öz qarori haqida "ha" yoki "yöq" deb aytişi kerak bölgan. Biroq deyarli har bir deputat belgilangan vaqtdan çiqib ketib, Rousseff taqdiri haqida öz fikrini aytişni öziga joiz deb bildi.

Talab qilingan 342 ovoz töplangandan keyin prezidentning iste'foga ketişi tarafdorlari buni nişonlay boşlaşdi. Ular sakrab, "Ha!" deb yozilgan plakatlarni hilpirata va qöşiq ayta boşlaşgan. Bu "xursandçilik" 1-2 daqiqa davom etgaç, ovoz beriş jarayoni davom ettirilgan.