Britaniyalik fermer Lyuk Irvin özining ombori yonida Rim imperiyasi zamonlariga tegişli nodir asori-atiqalarni topib oldi, deb xabar bermoqda Daily Mail naşri. Şundan keyin fermer arxeologlar bilan boğlandi, ular esa öz navbatida bu joyda qazilma işlarini olib borib, boy Qadimgi Rim villasining yaxşi saqlanib qolgan qoldiqlarini aniqlaşdi.

Olimlar villa milodning 175 va 220 yillari oraliğidagi vaqtda qurilganini, keyinroq esa bir neça bor restavratsiya qilinganini aniqlaşdi. Bundan taşqari, olimlar fermer ombori yonida sopol idişlar, tangalar, töğnağiçlar, yovvoyi va uy hayvonlarining suyaklari hamda bir bolaning tobutini aniqlaşgan.

Arxeologlarning aytişiça, aniqlangan villa Buyuk Britaniya hududida aniqlangan Qadimgi Rim villalaridan eng badavlati bölişi mumkin.

Qadimgi Rim villalari özidan hordiq uçun dala-hovlilarni namoyon qilgan. Villaning öziga xos jihati şundan iborat bölganki, u doimiy turar joy bölmagan. Villada uning egalari yil davomida oz vaqt yaşaşgan.