Associated Press naşrining xabar berişiça, Ekvadorda kuçli zilzila qurbonlarining soni 350 nafarga yetdi. Bu haqida hukumat vakillari ma'lum qilişdi.
Avval 262 nafar kişi hayotdan köz yumganligi haqidagi xabar berilgandi.
17 aprelga ötar keçasi Ekvadorda 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi. AQŞ Geologik xizmati ma'lumotlariga köra, zilzila markazi sohilböyidagi Muisne şahridan 27 km uzoqlikda sohilböyida joylaşgan bölgan. Mamlakatning 6 ta viloyatida favqulodda vaziyat tartibi kiritildi.
Zilzila markazidan 300 km uzoqlikda bölgan Guayakile şahridagi köprik qulagan. Poytaxt Kitoda elektr ta'minot va telefon aloqasi izdan çiqqan.
Jabrlangan hududlarga 10 ming harbiy va 3,5 ming politsiyaçi jönatilgan.
Zilziladan keyin Manabi viloyatida yuzlab mahbuslar qamoqxonadan qoçib ketgan.






