Glazgodagi «Hempden Park» stadionida mahalliy «Reyndjers» jamoasi Şotlandiya Kubogi yarim finali doirasida «Seltik»ni qabul qildi. «Eski firmalar derbisi» maqomini olgan bu uçraşuv mezbonlarning penaltilar seriyasidagi ğalabasi bilan yakunlandi (2:2, penaltilar böyiça 5:4).

Jamoalar bölimlar boşida bittadan gol urişdi. Hisob «Seltik» hujumçisi Kenni Miller tomonidan 16-daqiqada oçilgan bölsa, «Reyndjyers» ikkinçi taymning 4 daqiqasi ötib borayotgan vaqtda hisobni tenglaştirdi. Gol Erik Svyatçenko hisobiga yozildi.

Şundan söng hakam jamoalarni qöşimça bölimlarga taklif qildi. Qöşimça bölimlarda ham jamoalar bittadan gol urişdi. Avvaliga, 96-daqiqada mezbonlar tarkibida Berri Makkey raqib darvozasini işğol qilgan bölsa, 10 daqiqa ötib Tom Rogiç hisobni tenglaştirdi.

Penaltilar seriyasida «Glazgo» vakillari omadli çiqişdi va 5:4 hisobida ğalaba qozonib, 2009 yildan buyon birinçi marta turnir finaliga yöl oldi.

Şotlandiya Kubogi finalida «Reyndjers» «Xaybernian» bilan öynaydi. Bu jamoa yarim finalda «Dandi Yunayted»ga qarşi öynagan va penaltilar seriyasidagi ğalaba orqali finalga çiqqan (0:0, penaltilar böyiça 4:2).

Eslatib ötamiz, «Glazgo Reyndjers» joriy mavsumda Şotlantdiyaning quyi ligasida muddatidan oldin çempion böldi va Şotlandiya Premer-ligasiga qaytdi. Bir hafta oldin glazgoliklar Şotlandiya ligasi Kubogi finalida «Piterhed»ni 4:0 hisobida yenggandi.

«Reyndjers» 54 marta Şotlandiya çempionligiga erişgan.

Mamlakat tarixidagi eng sovrindor jamoa bölgan «Reyndjers» 2011/12 yillar mavsumidan beri ilk marta premer-ligaga qaytmoqda. 4 yil oldin Şotlandiya futbol assotsiatsiyasi va Şotlandiya premer-ligasi qaroriga köra «Reyndjers» moliyaviy muammolar tufayli eng quyi ligaga tuşirib yuborilgandi (darajasi böyiça törtinçi liga).

Şotlandiya Kubogi. Yarim final
«Glazgo Reyndjers» — «Seltik» - 2:2 (penaltilar böyiça 5:4)