«Barselona» jamoasi boş murabbiyi Luis Enrike Ispaniya çempionatining 33-turida «Valensiya»ga qarşi ötkazilgan 1:2 hisobidagi mağlubiyatli öyindan keyin fikrlarini bildirib ötdi.

Öyin haqida
Bu öyinning bir qismi juda muvaffaqiyatsiz ötdi, vaziyatlar natijani hal qildi. Men öylaymanki, jamoa vaziyatga töğri yondaşgandi - biz köplab golli vaziyatlar yaratdik, lekin omadimiz kelmadi. Biz birinçi bölib gol urişimiz kerak edi, gol ham urdik, ammo bu gol hisobga olinmaydigan gol edi.

«Valensiya»ga hurmat saqlagan holda aytamanki, biz yaxşiroq körindik. Öyinning oxirgi daqiqalarigaça biz çin yurakdan öynadik va 5-6ta golli vaziyatlar yaratdik. 3 oçko bizniki bölişi kerak edi, ammo raqib ğalabani saqlab qoldi. Bu futbol. Futbolda hujum qilmasdan ham ğalaba qozoniş mumkin, xuddi bugun bölgani kabi.

Çempionlik poygasi haqida
Oldimizda qolgan beşta uçraşuvni yutişdek katta çaqiruv turibdi. Agar şu işni eplasak - çempion bölamiz. Bu vazifa qiyin ekanligini bilamiz. Men Kataloniyada 8 yil futbol öynaganman, 2 yildan buyon jamoani boşqarmoqdaman. Biz çaqiruvni qabul qilamiz va boşimizni tik kötargança çempionatni yakunlaymiz

Öylaymanki, 5ta öyinni yutiş vazifasini bajara oladigan jamoa, bu «Barselona». Bugungi öyin uçun futbolçilarimni tanqid qiliş kerak emas, ular maqtovga loyiq.

Jamoa psixologiyasi haqida
Ruhiyat muhimligi borasida aniq gap ayta olmayman. Biz qiyin ahvolda bölişimizga qaramasdan yaxşi öyin ötkazdik. Biz kuçliligimizça qolişimiz kerak. Muxlislarimiz biz bilan ğururlanişda davom etişi kerak.

Nega zaxiradan foydalanmagani haqida
Öyinçilarni almaştirişga asos yöq edi. Ularning barçasi raqibga qaraganda yaxşiroq öynayotgandi. Men jamoa jang qilayotganini kördim va şunday qaror qabul qildim.

Himoyadagi muammolar haqida
Bu muammolar jismoniy xarakterga ega emas. Bu taktik xatolar böldi.

Keyingi mavsumda ham «Barselona» boş murabbiyligida qoliş-qolmasligi haqida

Meni faqat sport qiziqtiradi. Qolgani umuman qiziq emas.