AQŞ prezidenti Barak Obama ma'muriyati IŞID jangarilariga qarşi harbiy harakatlr kölamini kengaytirişni rejalaştirmoqda.
The New York Times naşriga şu haqda ma'lumot bergan harbiy manbalarning aytişiça, Vaşington IŞIDga qarşi kuraşayotgan jangçilarni tayyorlaydigan maxsus bölinma harbiylari sonini 50dan 200 nafargaça oşirişi mumkin. Taxminlarga köra, ular Mösul şahri hududiga yuboriladi va Suriyaning Raqqa şahrini ozod etişda jangçilarni tayyorlaydi.
Bundan taşqari, AQŞ mintaqaga qöşimça harbiy texnikalar yuboradi. NYT gazetasi yozişiça, AQŞ Iroqqa Apache rusumidagi hujumçi vertolyotlarini yuboradi.
"Hozirça, şu mazmundagi yakuniy qaror qabul qilinmagan bölsa-da, yaqin biron haftada, bu haqda e'lon qilinişi ehtimol", deb yozadi gazeta.
Bundan avval, Pentagon rahbari Eşton Karter, AQŞ ma'muriyati IŞIDga qarşi harbiy harakatlar kölamini kengaytiriş masalasini muhokama etayotgani haqida bayonot bergan edi.






