Pokistonning Rajanpur aholi punktida (Panjob provinsiyasi) xavfsizlik kuçlari bölinmalari 22 nafar politsiyaçini ozod etiş böyiça maxsus operatsiyani boşlagan.

TASS agentligi xabariga köra, politsiyaçilar jinoyat dunyosida «Çottu» laqabi bilan nom qozongan Ğulom Rasul ism-şarifli şaxsning ekstremistik guruhi tomonidan garovda saqlanmoqda.

Jinoyatçilar 6 nafar politsiyaçining hayotiga zomin bölişgan, ular, agar mamlakat hukumatiga qöyilgan talablari bajarilmasa, garovdagilarning qolganini ham öldiriş bilan tahdid qilgan. Ammo islom respublikasi hukumati muzokaralarga kirişişdan boş tortdi.

Rajanpurga armiya maxsus bölinmalari, şuningdek, bir neçta hujumçi vertolyotlar yetib keldi. Avvalroq jinoyatçilarga ultimatum e'lon qilingan, agar ular 17 aprel kuni oxirigaça hukumatga taslim bölmasa, maxsus bölinmalar hujum boşlaşi haqida ogohlantirilgan edi.

Sind daryosi böylaridagi hududda ötkazilayotgan operatsiyada huquq-tartibot organlari xodimlari va IIV qöşinlari harbiy xizmatçilaridan 1,6 mingdan ziyod kişi qatnaşmoqda.

Hududda yaşovçi kişilardan taşqariga çiqmaslik söralgan.