Saudiya Arabistoni OPeKning barça a'zolari, xususan Eronning neft qazib oliş va işlab çiqaruvçi mamlakatlarning 17 aprel kungi yiğilişida iştirok etişini talab qilgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Qayd etilişiça, Ar-Riyod bundan oldinroq neft qazib oliş hajmini muzlatiş ğoyasiga qarşi çiqayotgan Eronning bu muzokaralarda iştirok etişini şart emas deb hisoblagandi.

"Bugun ertalab Saudiya Arabistoni öz pozitsiyasini özgartirliyu Bu davlat muzokaralarda OPeKning barça a'zolari iştirok etişini istadi", deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 17 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00da (Toşkent vaqti bilan soat 17:00) Qatar poytaxti Doha şahrida OPeK (neftni eksport qiluvçi mamlakatlar taşkiloti) mamlakatlari va taşkilotga kirmaydigan işlab çiqaruvçilar örtasida uçraşuv boşlandi.

Bu uçraşuv avval belgilanganidan 6,5 soat keç boşlandi.

Bundan oldinroq, Reuters agentligi Eron neft işlab çiqaruvçi mamlakatlarning Dohadagi uçraşuvida iştirok etmasligi haqida xabar bergandi.

Keyinroq, Eron hukumati neft işlab çiqariş hajmini oktabr oyigaça 2016 yil yanvardagi darajada saqlab turiş böyiça bitim loyihasini ma'qullaşi ma'lum qilindi.

Muzokaralarning boşlanişi keçikişi Eronning öz delegatsiyasini yuborişini kutiş bilan boğliq bölgani taxmin qilinmoqda.