Yaponiya hukumati sun'iy yöldoşlar vositasida mobil aloqani ta'minlovçi yangi tizim barpo etişga qaror qildi.

"Mazkur tizim kuçli tabiiy ofatlar sababli quruqlikda işdan çiqqan aloqa stansiyalari va liniyalari örnini bosişi lozim. Uşbu tizim apparatlaridan biri allaqaçon fazoda faoliyat yuritmoqda. Yana ikkitasi 2017 yilda uçiriladi. 2023 yilda yana 3ta şunday qurilma yer yaqinida parvoz qila boşlaydi", deb yozilgan Nikkei Asian Review portali xabarida.

"Mitibiki" ("Ötkazuvçi") nomini olgan yangi tizim 2011 yil martidagi voqealar takrorlanişiga yöl qöymaslik maqsadida joriy etiladi. Öşanda mamlakatning boş oroli Xonsyu şimoli-şarqida yuz bergan dahşatli zilzila va sunamidan söng 29 ming mobil aloqa stansiyasi va 1,9 mln yerusti telefon liniyalari işdan çiqqan edi. Bu esa qutqaruv işlarini taşkil etiş va talofat kölamini baholaşda qiyinçiliklarni vujudga keltirdi.

Yangi sun'iy yöldoşlar aloqa stansiyasi vazifasini bajarib, butunlay vayron bölgan hududlarda ham mobil aloqadan foydalaniş imkonini berişi közda tutilgan. Uning vositasida uzoq joylardagi kişilarga ma'lumot yetkaziş ham mumkin böladi. Yangi tizim 2018 yilda sinov faoliyatini boşlaydi.