Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 aprel kuni e'lon qilingan “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoşka va poliz ekinlaridan foydalaniş va ularni sotib oliş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga binoan, joriy yilda davlat buyurtmasi asosida 4 mln tonna meva-sabzavot hosili yiğib olinadi.
Şundan “Özbekoziqovqatxolding” kompaniyasi korxonalarida qayta işlaş uçun 2,2 mln tonna meva-sabzavot yuboriladi. Qişki mavsum uçun “Özbekoziqovqatzaxira” assotsiatsiyasi omborxonalariga hosilning 360 ming tonnasi jönatiladi. “Özagroeksport” taşqi savdo kompaniyasi vositasida 1,4 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot xorijga eksport qilinadi.
2015 yili Iqtisodiyot vazirligi rasmiy ma'lumotlariga köra, Özbekistonda 10128,1 ming tonna sabzavot, 1853,1 ming tonna poliz mahsulotlari, 2746,2 ming tonna meva, 1579 ming tonna uzum yetiştirilgan.
Sönggi yillarda Özbekiston yiliga örtaça 550-600 ming tonna meva-sabzavot eksport qilmoqda.






