Facebook ijtimoiy tarmoğidagi “Voditeli Taşkenta (Drivers.uz)” guruhida jamoat transporti va joylarida heç qaçon heç kimdan sadaqa söramaydigan, barçaning kayfiyatini kötarib yuruvçi otaxon haqida söz bordi. Foydalanuvçilar uning suratini tarmoqqa joylaştirişgan.

“Bu ğalati yölovçi köplab toşkentliklarga taniş. Tayoq ustida piyolani öynatib, bolalar va kattalarni quvontirişga harakat qilayotgan otaxonni metroda, tramvaylarda köriş mumkin. U heç qaçon sadaqa söramaydi. Lekin uni körib qolsangiz, zerikarli safar vaqtida bolalarni xursand qilişga harakat qilgani uçun, köngildan çiqarib heç bölmasa mayda pul bering”, — deb yozadi surat muallifi.

Surat ostida izoh qoldirganlarning aksariyati otaxonni tanigan, ular orasida “birinçi marta bundan 10 yil avval körgandim”, “birinçi marta körganimda hali maktabda öqirdim” deb guvohlik berganlar bölgan.

Ammo guruhdagi hamma ham otaxon va u haqidagi iliq fikrlarga qöşilmagan. Jumladan, bir izohda şunday fikrlarni uçratiş mumkin: “Tamom, otaxon uçun rosa piar-kampaniya böldi. Endi hamma uni qidirişga va moliyalaştirişga kirişadi. Agar uni yana bir bor körib qolsam, internetda juda maşhurligi, u haqda iliq fikrlar bildirişayotganini aytib, selfiga tuşib olaman. Xabar muallifiga rahmat. Kimdir tayoq ustida piyolani öynatib körganmi? Men harakat qilganman, umuman öxşamagan. Şunday ekan, iqtidorni izlaymiz. Otaxon, qayerdasiz?”.