«Çelsi» jamoasi yarimhimoyaçisi Fransesk Fabregas joriy mavsum davomida Joze Mourinoning jamoa boş murabbiyligidan iste'foga çiqarilganiga öz munosabatini bildirib ötdi.

«Bu borada ötgan vaqt davomida köp gaplar aytildi. Men Jozeni yaxşi köraman uni döstim deb hisoblayman, hozirgaça aloqalarni davom ettirmoqdamiz.

Bu borada turli yoqimsiz gaplar eşitganman, lekin bu bizning döstona aloqalarimizga ta'sir körsatmaydi.

Jozening eng katta muammosi şunda böldiki, u bizga haddan ziyod işonib yuborgan edi. Çempion bölganimizdan söng ta'til muddatimizni uzaytirdi. U bizga işongan edi, biz esa unga pand berdik. Butun jamoa pand berdi.

Uning jamoadan ketişida biz eng asosiy aybdorlarmiz. Buni öylaganimda özimni juda yomon sezaman», - deydi Fabregas.