Neft qazib çiqariş hajmi Kuvaytda 1,5 million darajasiga yetib, bir keça-kunduzda 0,3 million barrelga oşdi. Bu haqda Kuvayt neft korporatsiyasi vakili şayx Talal al-Xolid as-Sabahning bergan ma'lumotiga tayanib TASS agentligi xabar tarqatdi.

"Favqulodda holatlarda işlaş rejasining amalga oşirilişi kutilganidan ham ortiq natijalar berdi. Kuvayt neft kompaniyasining işlab çiqarişi mamlakat şimolida normal holatga qaytmoqda", - dedi u va "quruq neft qazib çiqariş darajasi bir kunda taxminan 1 million 500 ming barrel körsatkiçiga yetgan"ligini ta'kidladi.

Kuvayt neft va neft-kimyo sanoati xodimlari 3 kundan buyon hukumatning maoş qisqartirilişi va çegirmalarning olib taşlanişiga qarşi iş taşlaş ötkazişda davom etişmoqda. Aktsiyaga qöşilganlar Kuvaytning bir neça ming fuqarosi va davlat kompaniyasi xodimlaridan iborat.

Hozirgi vaqtda kasaba uyuşmasi boşliqlari va vazirlik vakillari muzokaralar olib borişmoqda, biroq ular haqida hozirça ma'lumot yöq.