Nemis avtokompaniyasi bölgan Mercedes-Benz Fransiya janubida jurnalistlar uçun birinçi motorli Arrow460-Granturismo yaxta modelini taqdim etdi. Britaniyaning Silver Arrows Marine kemasozlik kompaniyasi bilan yaratilgan 14 metrli kema har bir 480 ot kuçiga ega ikki dizelli Yanmar dvigatellari bilan jihozlangan va tezlikni 40 uzeldan kuçaytirişga qodir. Bu haqida Highsnobiety xabar beradi.

Kiçik tonnali kemani yaratiş loyihasi ilk bor 2012 yilda Monakodagi yaxtalar şousida namoyiş etilgan. Faqat 10 dona şunday qayiqlar işlab çiqariladi va har qanday mamlakat uçun kvota faqatgina bir nusxada taqdim etiladi. Yaxtaning interer işlari uçun evkalipt daraxti va nubuk terisidan foydalanilgan. Uskunalar tarkibiga havo konditsioneri tizimi, audiotizim, şarob yertölasi va muzlar tayyorlaş uçun maşina kiradi. Yaxta 10ta kişini kötara oladi. Kemaning taxminiy narxi – 1,7 million dollardan boşlanadi.
“Birgalikdagi hamkorlik mahsuli avtosanoat sohasida qöllanilayotgan dinamik uslub va innovatsion texnologiyalar yordamida suv yöllaridagi sifat va qulaylikka bölgan yuqori talabga javob bera oladi”, — Silver Arrows Marine dizayn byuroosi rahbari Ron Gibbs.









