Navoiy viloyati Karmana tumani IIB navbatçilik qismiga Toşkent mahallasida ikki zöravon bir kişini urayotgani töğrisida xabar kelib tuşdi.

Içki işlar idoralari xodimlari voqea joyiga yetib borib, şu tumanda yaşovçi A.A. va B.S. mast holda H.Komiljonni tömtoq jism bilan urayotgani ustidan çiqişdi. Bu haqda “Postda” naşri yozmoqda.

Xodimlar zöravonlarni qölga olib, jabrlanuvçiga yordam berişga şoşilişgan. Lekin jabrlanuvçi olingan tan jarohatlari tufayli hayotdan köz yumgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Hozir tergov harakatlari davom etmoqda.