Nike kompaniyasi Cooper (oç jigarrang) rangidagi Air Jordan 17+ krossovkalar modelini qayta işlab çiqardi. Bu haqida «Lenta.ru» sayti 18 aprel kuni tahririyatga kelgan press-relizga asoslanib, xabar bergan.

Dizaynerlar bu modelni yaratiş çoğida Aston Martin avtomobili va jaz sadolaridan ilhom olişgan.

Krossovkalarning tovon va old qismi timsoh terisidan tikilgan bölib, boğiçlar teşigi va poşna qismiga kuper rangidagi mis buyumidan işlov berilgan.

Sport oyoq kiyimi hozirda Moskva va Sankt-Peterburgdagi Street Beat dökonlarida sotuvga qöyilgan. Narxi — 303 dollar.

Air Jordan dizayni Nike kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan bölib, ilk bora bu krossovkani amerikalik basketbolçi Maykl Jordan kiygan. Air Jordan 1 birinçi marta 1985 yilda qizil-qora böyoqlarda – Chicago Bulls jamoasining ramziy rangida işlab çiqarilgan. Unga qadar, barça basketbolçilarning oyoq kiyimlari oq rangda bölgan.

Jordan şartnoma böyiça bu krossovkani har bir matçda kiyişi kerak bölgan, biroq Liga uning rangini juda ham yorqin deb hisoblab, sportçiga maydonda bu oyoq kiyimida öynaşiga ruxsat bermagan.

Nike kompaniyasiga 1964 yili AQŞda asos solingan va avvaliga u Blue Ribbon Sports deb nomlangan. Uning boş idorasi Oregon ştatidagi Biverton hududida joylaşgan.