Angliyaning «Lester Siti» klubi boş murabbiyi Klaudio Raneri Kataloniyaning «Barselona» klubi tuşib qolgan qiyin vaziyatdan qanday çiqib ketişi mumkinligi borasida öz fikrini bildirib ötdi.

«Albatta, bunday vaziyatda birinçi navbatda xotirjamlikni saqlab qoliş kerak. Oldin qanday öy-xayollar ötgan bölsa, xuddi şunday ruhda davom etiş lozim. Agar senda natija keltiradigan ğoya bölsa, uni yana qöllaş lozim. Agar bu natija bermayotganini körsang, öşanda ğoyalarni özgartirişga töğri keladi», — deya Ranerining sözlaridan iqtibos keltiradi Sport.es.