Özbekiston respublikasi boş prokuraturasi tomonidan Xalq ta'limi vazirligida “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” tarğibot tadbirlari dasturi doirasida xalq ta'limi sohasidagi suiiste'molçilik holatlari va korrupsiyaning oldini oliş masalasiga bağişlangan uçraşuv ötkazildi. Bu haqda respublika boş prokuraturasi matbuot xizmati xabar bergan.
Videokonferentsaloqa imkoniyatlaridan foydalangan holda taşkil etilgan uşbu uçraşuvda Xalq ta'limi vaziri, örinbosarlari, vazirlikning tarkibiy tarmoqlari rahbarlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri, Toşkent şahar va viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalari boşliqlari, oliy öquv yurtlari rektorlari, xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlaş va taşkil etiş tuman (şahar) bölimlari mudirlari iştirok etdi.
Tadbirda boş prokuratura mas'ul xodimining xalq ta'limi sohasida qonuniylik holati, sohada korrupsiyaning oldini oliş borasida 2015 yilda amalga oşirilgan çora-tadbirlarning monitoringi tahlili natijalari haqidagi ma'ruzasi eşitildi hamda uşbu yönalişdagi tadbirlarning sifatini yanada oşiriş böyiça vazifalar muhokama qilindi.
Şuningdek, Boş prokuratura tomonidan tayyorlangan korrupsiyaning oldini olişga bağişlangan videomateriallar namoyiş etildi.
Uçraşuvda Içki işlar vazirligi va Respublika ma'naviyat tarğibot markazi vakillari ham mavzuga doir ma'ruzalar bilan iştirok etdi.
Tadbir yakunida kelgusidagi profilaktik tadbirlarni amalga oşiriş böyiça hamkorlikdagi kompleks çora-tadbirlar belgilab olindi.






