Yaponiyaning Keyo universiteti mutaxassislari va Cyberdyne kompaniyasi orqa miyaning şikastlanişini iPS-hujayralari va robotlaştirilgan ekzoskeletlar yordamida davolaş usulini işlab çiqişga kirişişdi. Bu haqida TASS "Nikkey" gazetasiga asoslanib xabar berdi.
Birinçi bosqiçda tadqiqotçilar yarim yildan ortiq vaqt davomida orqa miya jarohati bilan yaşab kelayotgan 20-30 nafar bemorni tanlab olişadi. Bir neça oy mobaynida haftada 3-5 marta maşqlarga qatnaşadi va u yerda maxsus robotlaştirilgan HAL kostyumi yordamida jismoniy maşqlar bajarişadi. Har bir maşqning davomiyligi bir soatdan kam bölmagan vaqtni öz içiga oladi. Kostyumning vazifasi şundan iboratki, unga biriktirilgan köp sonli datçiklar miyadan oyoqlarga uzatiladigan signallarni qabul qiladi va şu asnoda mexanizmning alohida tugunlari harakatga keladi, bu insonga qimirlaşda yordam beradi.
Muhandis va şifokorlar mazkur terapiyaning muvaffaqiyatiga doir xulosaga kelişguniça, professor Xidyueki Okano iPS-namunalardan asab hujayralari işlab çiqiş böyiça tajribalarini boşlaydi. Sal keyinroq yangi asab töqimalari ösişini rağbatlantiriş maqsadida ularni bemorlarga köçiriş rejalaştirilmoqda.
Agar ikkala tajriba ham omadli keçsa, biroz vaqt ötib, tadqiqotlarning ikkinçi bosqiç iştirokçilari - ança yillaridan beri orqa miya şikastlanişidan jabr körib yaşayotgan hamda ekzoskeletlar yordamida davo topa olmagan kişilar böladi. Bunday bemorlar bilan işlaş jarayonida tadqiqotçilar ikki usulni ham qöllaşadi - robotlaştirilgan kostyumlarda maşqlar bajariş va asab hujayralarini köçirib ötkaziş.
Bugungi kunga kelib Yaponiyada kamida 100 ming kişi falajdan yoki orqa miya jarohatidan azob çekmoqda.






