Avstriya taşqi işlar vazirligi Şarqiy Yevropa, Kavkaz orti davlatlari, Örta Osiyo davlatlari bölimining boşliği Haydemariya Gyurer Özbekiston davlat jahon tillari universitetida mehmon böldi.
Uçraşuv davomida Gyurer universitet öqituvçilarining avstriyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda yangi avlod darsliklarini yaratişdagi xizmati, Özbekistonning xorijiy tillar tizimida Yevropa ta'lim standartlariga tobora yaqinlaşib borayotganiga alohida urğu berdi.
Şuningdek, ÖzDJTU rahbariyati bilan ötkazilgan ikki tomonlama dialog çoğida bakalavriat va magistratura bosqiçida nemis tilini örganuvçi talabalar uçun grantlar dasturini joriy qiliş, kadrlar almaşinuvi va pedagogik amaliyotni Avstriyada ötaş masalasi, Toşkentda Avstriya kunlarini taşkil etiş, hamkorlik bitimlari imzolaş böyiça savollar muhokamaga qöyildi.












