Ekvador prezidenti Rafael Korrea mamlakatda yuz bergan zilzila oqibatida körilgan talofat 2-3 mlrd dollarni taşkil qilganini aytgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Korrea bu haqda fojia hududiga taşrif buyurgandan keyin aytgan. U zilziladan körilgan talofat mamlakatning yalpi içki mahsulotining 2-3 foizi atrofida bölişi mumkin, deb qöşimça qilgan.

"Keling özimizni aldamaylik, bu barça kuçni talab qiladigan uzoq davom etadigan iş böladi. Vayronagarçiliklarni köp yillar davomida tiklaşga, milliard dollar investitsiyalar qilişga töğri keladi", deb aytdi Korrea.

Mamlakat hukumatida fojia oqibatlarini bartaraf etiş uçun turli kreditorlardan zudlik bilan 600 mln dollar jalb qilingani ma'lum qilindi.