Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino UNICEF homiyligi ostida ötkaziladigan xayriya uçraşuvida Angliya terma jamoasi boş murabbiyi böladi. Inglizlar bu uçraşuvda jahon terma jamoasiga qarşi maydonga çiqadi. Bu haqda öyin taşkilotçilariga asoslangan holda AFP xabar tarqatgan.

Bu uçraşuv 5 iyun kuni "Mançester Yunayted" öz uy uçraşuvlarini ötkazadigan "Old Trafford" stadionida bölib ötadi.

Bundan oldin ham Mourino xayriya uçraşuvida iştirok etgan, öşanda u jahon terma jamoasini boşqarib, Angliya terma jamoasi ustidan ğalaba qilgandi.

"Men bunday uçraşuvlarda ikki tomonda turib ham ğalabaga erişgan ilk murabbiyga aylanmoqçiman", degan u.

Bu uçraşuvga jahon terma jamoasini "Lester" jamoasi boş murabbiyi Klaudio Raneri boşlab keladi.