Efiopiya ğarbidagi qişloqlardan qurollangan jangarilar tomonidan 100 ga yaqin bola öğirlab ketildi. Bu haqda jurnalistlarga BMT boş kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.
Dyujarrikning ta'kidlaşiça, YUNISEF "15 aprelda Efiopiya ğarbida 100 ga yaqin bolaning öğirlanişini qat'iy tarzda qoralaydi". Uning aytişiça, qişloqqa Janubiy sudanlik mol öğrilari hujum qilgan. "Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, bolalar halok bölganlar va jarohatlanganlar orasida ham bölgan", deb qöşimça qildi Dyujarrik.
Dyujarrikning ma'lum qilişiça, BMT xodimlari vaziyatni baholaşmoqda va jabr körgan jamoatga yordam berişga tayyor, Efiopiya hukumati esa öğirlangan bolalarning ozod qilinişiga harakat qilmoqda. "Bolalarga istalgan sabab böyiça hujum qiliş inson huquqlarining buzilişi va insoniylikka tahdid hisoblanadi", deb aytdi Dyujarrik va bolalarning "tezroq va sözsiz" oilalariga qaytarilişiga çaqirdi.






