IŞID terrorçilik taşkiloti jangarilari Damaşqdan 35 kilometr masofada joylaşgan Zumayr şahridan çiqarib yuborilgan. Bu haqda xabar qilgan Livanning "Al-Axbar" gazetasining yozişiça, turli ma'lumotlarga köra, 290 nafar jangari va ularning 150 kişidan iborat oila a'zosi, 8ta avtobusda mamlakat şimoli, Frot daryosi sohilidagi Rakka şahriga yöl olgan. Avtokarvonni BMT va Suriya qizil yarimoy jamiyati vakillaridan iborat guruh nazorat qilib bormoqda.
Zumayrdagi janglar, bu yerga Suriya çöllaridan IŞID jangarilari kirib olgaç, aprel oyi boşida avj olib ketgan edi. Jangarilar, şaharning bir neça mavzesin egallab olgan, boşqa jinoiy tödalarning a'zolari ham ularning safiga qöşilgan edi. Suriya armiyasi qömondonligi, tinç aholi orasida qurbonlar bölmasligi uçun vositaçilar yordamida qurolli bölinmalarni olib çiqiş böyiça kelişuvga erişgan. Bundan avval, terrorçilar garovga olgan fuqarolarni, xususan, sement zavodining 340 nafar işçisini ozod etişgan edi.
20 aprel kuni, Suriya armiyasi qurşovga olgan Zabadaniy va Madaya şaharlaridan jangarilarni çiqarib yuboriş böyiça kelişuvning uçinçi bosqiçi amalga oşirilgan edi. 250 kişi BMT karvoni kuzatuvi ostida muxolifat nazoratidagi Idlib provinsiyasiga çiqarib yuborilgan edi.
Umuman, asirlarni almaşiş, tinç aholini köçiriş va jinoiy tödalar a'zolarini çiqarib yuboriş kelişuviga asosan, jami 1,2 ming jangariga xavfsiz yöl taqdim etiladi. Jangarilar ham, öz navbatida, Idlibdagi ikkita şia mahalsida istiqomat qiluvçi 12 mingga yaqin fuqaroning köçib ketişlariga izn bergan.






