Jahon çempionati-2018 uçinçi saralaş bosqiçida Özbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Eron terma jamoasi boş murabbiyi Karlos Keyruş guruhda boşqa ikki terma jamoani favorit deb bilişini ma'lum qildi. Uningça, Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalari Özbekiston va Eron terma jamoalaridan kuçliroq sanaladi.
“Ta'kidlaş kerakki, biz teng kuçga ega bölgan jamoalardan iborat guruhdan joy oldik. Raqobatçi jamoalar darajasi nuqtai nazaridan ham, parvozlar nuqtai nazaridan ham guruhimiz ança mö'tadillaşgan. Şuning uçun ham, heç kimda qur'a natijalari borasida e'tiroz bölmasa kerak”, — deya söz boşladi portugaliyalik mutaxassis.
“Ikkinçidan, bizda 2014 yilgi jahon çempionati saralaşining uşbu bosqiçida jamlangan jamoalardan tuzilgan va unga bu safar Xitoy qöşilgan “rimeyk” guruh tarkib topdi. Xitoy bilan bu guruh öşa, avvalgi mundial saralaşidagidan köra ança kuçliroqqa aylandi. Menimça, bizning guruh favoritlari — Janubiy Koreya va Qatar. “B” guruhida Avstraliya va Yaponiya yaqqol favorit hisoblansa, bizda — mana şu ikki jamoa”.
Eron, Özbekiston va Xitoy esa Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritiş uçun bir xil imkoniyatga ega, deb öylayman. Biz Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya Jahon çempionating doimiy iştirokçisi ekaniga könikib qolganmiz. Qolgan bir yöllanma uçun esa 7-8 jamoa özaro kuraş olib boradi. Öylaşimça, bu kuraş juda murakkab va qiziqarli böladi. Çunki Osiyoda ham barça futbol öynaşni örganib oldi va faqat öyinga yuz foiz tayyor holda yetib kelgan jamoalar ğalabani qölga kiritadi. Yana ba'zan şunday böladiki, sen öyinni maydonda emas, maydondan taşqarida ham boy berib qöyişing mumkin, agar uzoq parvozlar bölsa. Bizning guruhda unday muammo bölmaydi, menimça”.
63 yoşli mutaxassis raqiblar haqida alohida töxtalib ötib, ularning kuçli jihatlarini körsatib ötdi.
“Biz barça raqiblarimizni hurmat qilamiz. Ular haqida töxtaladigan bölsak, aytiş joizki, Janubiy Koreya terma jamoasi tarkibida xorij çempionatlarida, ayniqsa Yevropaning kuçli çempionatlarida öynaydigan mahoratli futbolçilar bor. Şu sababdan ham ularga qarşi öynaş, ularni mağlub qiliş juda qiyin böladi. Qatar esa sönggi vaqtlarda futbol rivoji yölida katta mablağ sarflayapti va ularda sohaning eng kuçli mutaxassislari iş olib boryapti. Ularga qarşi öyin ham murakkab keçişi aniq. Xitoy öz tarkibini ança yoşartirgan va bu safar Jahon çempionatiga yöllanmani qölga kiritişni juda istayapti.
Umuman olganda, bu raundda heç bir öyin oson ötmaydi. Lekin Janbuiy Koreya, Özbekiston va Qatar bilan öyinlar ayniqsa oğir keçişini tan oliş kerak. Şu bilan bir paytda, Xitoyni ham hisobdan çiqarib taşlaş yaramaydi. Ularda yoş, ğalabaga çanqoq jamoa yiğilgan va ular istalgan vaqtda, har qanday favoritni yengib qöyişi mumkin.
Raqiblar haqidagi fikrlarimni, Suriya töğrisidagi izoh bilan yakunlamoqçiman. Avvalambor, men Suriya xalqini, terma jamoa murabbiylar ştabi va futbolçilarni yakuniy bosqiçga yöl olganliklari bilan tabriklayman. Biz uşbu mamlakatda nimalar bölayotganini yaxşi bilamiz. Şunga qaramay ular mana şu yergaça yetib kelişdi. Bu esa yuksak hurmatga sazovor iş”, — deydi Keyruş.






