Meksikaning Verakrus ştati, Koatsakoalkos şahridagi Clorados 3 neft korxonasida portlaş yuz berişi oqibatida kamida 60 kişi jarohat oldi, 3 kişi halok böldi. Bu haqda Petróleos Mexicanos (Pemex) neft-gaz davlat kompaniyasi tvitterida ma'lum qilindi.

Zavod Pemex va Mexichem kompaniyalari tomonidan nazorat qilinuvçi Petroquímica Mexicana de Vinilo kompaniyasiga tegişli.

Ma'lumotlarga köra, zavod hududidagi reaktor ustunlaridan biri portlagan. Portlaş oqibatida atmosferaga kata miqdorda zararli moddalar çiqqan. Zavod yon-atrofida yaşovçi aholiga öz uylarini tark etmaslik tavsiya qilingan.

Jarohatlanganlardan 38 nafari yaqin oradaga şifoxonalarga, 20 nafarga yaqini kompaniyaning Koatsakoalkosdagi şifoxonasiga yetkazilgan.

Hukumat kuçlari zavod yaqinidagi barça yöllarni tösib qöygan. Şuningdek, korxona yaqinidagi maktablarda maşğulotlarni bekor qilişga qaror qilingan. Ma'lum qilinişiça, olov tarqalişini töxtatişga muvaffaq bölingan.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar iş olib bormoqda.

Eslatib ötamiz, bundan bir hafta avval ham Meksikaning Çyapas ştatida Pemex’ga tegişli Cactus gazni qayta işlaş zavodida portlaş yuz bergandi.