Namanganlik A. Xoldorov (ism-şariflar özgartirilgan) ham internetda in qurgan yovuz kuçlarning tuzoğiga tuşib, ularning öljasiga aylanganlardan biri. Namangan şahridagi akademik litseyda öqiydigan bu yigitça 2013 yil may oyidan e'tiboran qarindoşi Ş.Omonovga uyali telefon apparatlari aksessuarlari savdosiga yordamlaşa boşlaydi. Şu paytdan qarindoşining noutbuki orqali terrorçilik taşkiloti tomonidan tayyorlangan “hijrat” va “jihod”ga çorlovçi videolarni muntazam tomoşa qilişga kirişadi. Bu haqda “Postda” naşri yozmoqda.

U “ustozi” Ş.Omonovning ta'sirida “Jihodçilar” diniy-ekstremistik oqimi a'zoligini qabul qiladi. Vaqti kelib Ş.Omonov diniy-ekstremistik turdagi jinoyatlari uçun uşlanib, tegişli jazoga hukm etiladi.

A.Xoldorov tayyorlangan videoroliklarga şunday qiziqib ketadiki, unda Suriyaga ketiş istagi paydo böladi.

Bu haqda Xoldorovning özi şunday deydi: “Internet foydalanuvçilardan biri menga Turkiyada oşpazlik işi borligini, yaxşigina haq berilişini, ma'lum muddat işlaganimdan keyin Suriyaga çiqarib yuborişi haqida da'vat qila boşladi. Taklifiga rozi böldim, lekin Turkiyaga borişga pulim yöqligini yozdim. U boşqa bir profildagi şaxsga murojaat qilişimni aytdi...”.

Ulardan biri avval Rossiyaga borib, biroz işlab, u yerdan Turkiyaga ötişini, söng Suriyaga ketişini maslahat berdi. Boşqasi Suriyaga ketadigan bölsa, biror bank orqali pul jönatişini aytdi. Buzğunçilar qanday yöl bilan bölmasin, uni Özbekistondan çiqib ketişga köndiriş uçunturli takliflarni bildirişdi.

Uning bu xatti-harakatlariga huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan öz vaqtida nuqta qöyildi. A.Xoldorov Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan aybdor deb topilib, ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm etildi.