Volkswagen konsernining noaniq dastur örnatilgan maşinalarini xarid qilgan AQŞdagi mijozlari, tovon puli sifatida 5 ming dollardan olişadi. Avtomobil işlab çiqaruvçisi va Amerika hukumati örtasida erişilgan kelişuvga şu mazmundagi band ham kiritilgan, deb xabar qilmoqda Welt gazetasi öz saytida.

"Bundan taşqari, Volkswagen har bir avtomobil dasturini yangilaş uçun tölovni ham qoplaydi", — deb yozadi gazeta, muzokaralar jarayoniga aloqador manbasiga tayangan holda.

Mazkur iş yuzasidan talab etiladigan hujjatlar uşbu mojaroga mas'ul sudya Çarlz Breyyerga taqdim etiladi.

Öz navbatida, Associated Press agenligining xabar qilişiça, Volkswagen AQŞda sotilgan 600 mingga yaqin maşinasi egalariga 1 mlrd dollardan ortiq tovon puli tölaşga tayyor.

Amerika hakami Çarlz Breyyer, avtokonsern va AQŞ hukumatiga 21 aprel kuni vaqtinçalik çoralar dasturini taqdim etiş va unda tovon summasini aniq körsatişni şart qilib qöygan edi.

Volkswagen’ning dizel maşinalariga AQŞning ekologik talablarini çetlab ötiş imkonini beruvçi dasturlar örnatilgani foş bölgaç, nemis avtokonserni mojaro markazida qolgan edi.

Şundan söng, Yevropa va Osiyoning turli mamlakatlarida avtogigantga nisbatan suriştiruv işlari boşlanib ketgan, inqirozga barham beriş maqsadida, konsern 6,7 mlrd yevro miqdorida mablağ ajratişga majbur bölgandi.