ÖzMTDP Yangiobod tuman partiya taşkiloti “Yoşlar qanoti” taşabbusi bilan tuman hududidagi “Xöjamuşkent ota” ziyoratgohida “Yurtim tarixini örganaman” şiori ostida “Tarixdan sado berguvçi obod göşalar” nomli yoşlar aksiyasi ötkazildi.
Aktsiya tuman Ma'naviyat tarğibot markazi bilan hamkorlikda partiya “Yoşlar qanoti” faollari tomonidan “Xöjamuşkent ota” ziyoratgohida haşar uyuştirilib, obodonlaştiriş işlari olib borildi. Atrof-muhit tozalanib, yölak çetiga ekilgan atirgullar tagi yumşatildi. Daraxtlarga işlov berildi,oqlandi, taglari yumşatildi. Gul köçatlari ekildi. Ziyoratgoh maydoni begona öt, has-xaşaklar, keraksiz çiqindilardan tozalandi.

Aktsiya davomi Xalq deputatlari viloyat kengaşi deputati Sabohat Abdurahmonova yoşlarga ziyoratgoh töğrisidagi rivoyatlarni aytib, uşbu qadamjo töğrisida tuşunçalar berib ötdi. Ming yillar ötibdiki, karomatgöy avliyo yovdan qoçib kelib jon saqlagan joydan otilib çiqqan buloqlar Niyat buloq, Murod buloq, Isitma buloq kabi nomlar bilan atalib, xasta köngillar uçun malham vazifasini ötab kelmoqda.
Tumanimizda “Xöjamuşkent ota” ziyoratgohidan taşqari Havotoğ qişloq fuqarolar yiğini hududida “Çangovul ota”, Sarmiç QFY hududida “Butatoşvali” kabi ziyoratgoh va “Rustamaziz ota”, “Köktönli ota”, “Qöltiqaziz”, “Ğoyib ota”, “Çöqmozorbobo”, “Teşiktoş bobo”, “Çangalaziz” kabi öndan ortiq qadamjolarimiz bor- deydi ÖzMTDP Yangiobot tuman partiya taşkiloti raisi Haydarqul Muqimov.






