AQŞ boşçiligidagi aksilterrorçilik koalitsiyasining rasmiy vakili Stiv Uorren Rossiya harbiy-koinot kuçlarining 70 foizdan köproq zarbasi IŞID va "Jibhad an-Nusra" jangarilari pozitsiyalariga töğri kelişini ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.
Uorren jurnalistlar bilan muloqotda Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi boşida "80 foiz zarbalar muxolifatga töğri kelganini" ta'kidlab ötdi.
"Jangovar harakatlarning töxtatilişidan boşlab biz özgarişlarni kördik. Bir tomondan, rossiyaliklar haqiqatdan ham IŞIDga zarba bera boşladi. Bir hafta avval bizning hisob-kitoblarga köra, 70 foizdan köproq zarba haqiqatdan ham IŞIDga qarşi qaratilgan bölgan", deb aytdi Uorren.
Uorren Rossiya samolyotlari "köproq "Jibhad an-Nusra"ga zarbalar berganini qöşimça qildi.
Uorren şuningdek öt oçişni töxtatiş tartibining buzilişlari soni ösayotganidan xavotirlaniş bildirdi. Uning aytişiça, Suriya hukumat qöşinlari "boşqa kuçlar" bilan töqnaş kelmoqda. Uorren Vaşington Moskvani bir neça bor "buni töxtatiş uçun" Başar Asad tuzumiga ta'siridan foydalanişga çaqirgan.
Avvalroq Rossiya davlat dumasi spikeri Sergey Narişkin Rossiya harbiy-koinot kuçlari Suriya hududida IŞID, "Jibhad an-Nusra" va boşqa terrorçilik tuzilmalariga qarşi operatsiyani bir neça barobar "qisqartirilgan körinişda" olib borayotganini aytgandi.






