Ötgan haftada, «Samarqandşahargaz» boşqarmasiga yangi rahbar sifatida tayinlangan Akbar Bahriyev, köp yillar mobaynida aholini taşvişga solib kelayotgan sohadagi kamçiliklarni bartaraf etiş uçun keskin çoralar körişni rejalaştirmoqda.

Aytiş mumkinki, boşqarma boşliği özgarişi köplab muhokamalarga sabab böldi. Axir, bu lavozimda ötirganlarning oxirgisi 9 oy vazifasini ado etgan bölsa, undan avvalgi 3 nafar rahbar atigi uç oydan boşqarmani boşqargan.

Albatta, bu holat birinçi galda, «Öztransgaz» va mahalliy hokimiyat rahbariyatiga jiddiy savollarni qöyadi. Axir, rahbar qançalik iqtidorli bölmasin, qisqa muddat içida özini namoyon etişi dargumon, deb yozadi gazeta.uz internet naşri.

Bungaça, Bahriyev «Suvoqova» şahar boşqarmasiga 11 yil davomida rahbarlik kilib, bu sohada tartib-intizomni tiklaşga muvaffaq bölgan.