Filippinda Taekvondoning WTF yönalişi böyiça ötkazilayotgan Osiyo çempionatlari doirasida Manila şahridagi Marriot Grand Ballroom otelida Osiyo taekvondo uyuşmasining navbatdagi assambleyasi bölib ötdi.
Unda kun tartibidan örin olgan bir qator masalalar bilan birga uşbu sport turining yangi qonun-qoidalari, 2015 yil yakunlari, qit'ada pumseni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari, kelgusi yildan boşlab ötkaziladigan Osiyo oçiq turniri bahslarini taşkil etişga doir vazifalar kelişib olindi.
Özbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi matbuot xizmatidan ma'lum qilinişiça, ilk bor taşkil etiladigan Osiyo oçiq birinçiligiga bir neça da'vogar orasidan Toşkent şahri mezbonlikka loyiq topildi. Buning uçun uşbu musobaqaga da'vogarlik qilgan har bir davlat öz taqdimoti bilan iştirok etdi.
Özbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi boş kotibi örinbosari Sarvar Şomusarov ma'ruzasida Özbekiston sport salohiyati va nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada ötkaziş borasidagi imkoniyatlariga atrofliça töxtalib ötgan.
Osiyo oçiq birinçiligi olimpiada reytingiga ballar taqdim etişi bilan yanada ahamiyatlidir.






