UFC çempioni, yakkakuraş jangçisi Konor Makgregorning Neyt Diasga qarşi revanş jangi ötkazilmaydigan böldi. Bu haqda tvitterda jurnalist Ariel Xelvani ma'lum qildi.

Uşbu ma'lumotni UFC prezidenti Dan Uayt tasdiqladi. U Konor jang qilişni istamasa, çempionlik unvonini böşatib berişi kerakligini aytgan. Uaytning işonişiça, Makgregor 2016 yilda ringga qaytadi.

"Bizda musobaqa promouşeni va Makgregor – Dias jangi uçun tadbirlar belgilangandi. Bu tadbirlar kelayotgan dam oliş kunlarida bölişi kerak edi. Konor bu tadbirlarni may oyiga köçirişni iltimos qildi, biroq men buning imkoni yöqligini aytdim. Şundan keyin u kelişdan boş tortdi va men jangni bekor qilişga qaror qildim", deb aytdi Uayt.

19 aprelda Makgregor tvitterda mavhum post çop etdi: "Men işlardan yoşligimda ketişga qaror qildim. Rahmat. Keyinroq uçraşamiz".

9 iyulga Makgregor va Neyt Dias örtasida jang ötkazilişi belgilangandi. Ular örtasidagi 5 martdagi birinçi jangda Dias ğolib bölgandi.