Erkin kuraş tarixidagi eng sovrindor sportçilardan biri Artur Taymazov «Yedinaya Rossiya» partiyasi nomidan Rossiya Davlat dumasi deputatlarni saralaş böyiça dastlabki ovoz berişlar uçun nomzod sifatida hujjat topşirdi.

«Men hozir jamiyatdagi jarayonlarga befarq qarab tura olmayman va mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol iştirok etişni istayman. Dastlabki saylovlarda iştirok etiş – bu mening ongli ravişda qabul qilgan qarorim, men öz xalqimga şu orqali foyda keltirişni istayman», – deya Taymazovning sözlarini keltiradi partiyaning Şimoliya Osetiyadagi bölimi sayti.

Dastlabki ovoz berişlar 22 may kuniga belgilangan. 2 apreldan nomzodlar iştirokida debatlar boşlanadi. Oxirgi debatlar 15 may kuni bölib ötadi.

Ötgan yilning oktabrida Özbekiston nomidan iştirok etib erkin kuraş böyiça 3 marta olimpiada çempioni bölgan Artur Taymazov Rio-de-Janeyro olimpiadasida iştirok etmasligini bildirdi. U sportçilik faoliyatini yakunlaş haqida Sankt-Peterburgda ötkazilgan VII «Sport. Çelovek. Zdorove» nomidagi xalqaro ilmiy kongressi vaqtida ma'lum qilgandi.

Taymazov Rossiyaning P. F. Lesgaft nomidagi universiteti aspiranturasiga öqişga kirgani, professor Boris Tarakanov rahbarligi ostida oliy sinfdagi kuraşçilarning individual tayyorgarligiga bağişlangan dissertatsiya yozişni rejalaştirayotgani haqida aytgandi.

«Közimda ötkazilgan jiddiy operatsiya tufayli juda köp vaqtni yöqotdim. Şifokorlar maşq qilişni taqiqlab qöydi. Qolgan vaqt içida Olimpiadada munosib ravişda qatnaşiş uçun tayyorgarlik körişga ulgurmayman. Sayyoh sifatida borişdan esa ma'ni yöq. Sportdagi kareramni tugatib, ilm-fandagisini boşlaşga qaror qildim», — degandi Taymazov.

Asli osetiyalik, Özbekiston nomidan kuraşgan Artur Taymazov mamlakat tarixidagi oltita Olimpiada oltin medallarining uçtasini olib kelgan (2004, 2008, 2012). U 2000 yilgi Olimpiya öyinlarida kumuş medal olgan, ikki marta jahon çempioni, 2 marta Osiyo çempioni, 3 marta Osiyo öyinlari çempioni bölgandi.

U Özbekiston oldidagi xizmatlari uçun 2012 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.