«Real» yarim himoyaçisi Garet Beyl jamoaning umumiy guruhdagi maşğulotiga qaytdi. U ötgan haftada bel qismidan olgan jarohati tufayli «Vilyarreal»ga qarşi öyinni (3:0) ötkazib yuborgandi. Endi u töliq soğaygan va öynaşga tayyor.
Beyl şanba kuni «Rayo Valekano»ga qarşi uçraşuvda maydonga tuşişi mumkin.
Lekin uelslik futbolçi öz vaqtini 8 soatlik golf turnirida ötkazgani jamoa boş murabbiyi Zinedin Zidanga yoqmagan. Murabbiy unga tanbeh bergan va undan öz soğligiga nisbatan jiddiy munosabatda bölişni talab qilgan.






