Prins taxallusi bilan ijod qilgan musiqaçi Rojyers Nelson ölimidan olti kunça oldin narkotik ta'siriga qarşi davolanişdan ötgan, deb ma'lum qilmoqda TMZ.

Naşr bergan ma'lumotga köra, 15 aprel kuni Prinsning samolyoti Illinoys ştatidagi Molin şahriga qöngan. Bir kunlik tibbiy körikdan söng, u konsertda çiqiş qilgan. Öşanda uning vakili, ijodkor grippga qarşi davolanayotganini bildirgan edi. TMZ manbasi esa tibbiy körikdan ötişga gripp emas, balki narkotik ta'siri sabab bölgan, deb ta'kidlamoqda.

Ma'lum bölişiça, Minnesota ştati ma'muriyati Prinsning ölimiga oydinlik kiritiş maqsadida Molindagi şifoxonadan qaydnomalarni olişga harakat qilmoqda.