"Özbekiston temir yöllari" AJ 2016 yilning birinçi çoragida 4,9 mln. kişining uzoğini yaqin qilgan. Kompaniya boşqaruvi raisi birinçi örinbosari Davron Dexqonov şu haqda ma'lum qilgan.
Uning bildirişiça, hisobot davrida kompaniya tomonidan yuk taşiş körsatkiçi 16,7 mln. tonnani taşkil etgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 100 ming tonnaga köp demakdir.
2016 yil yanvar-mart oylarida kompaniya tomonidan özlaştirilgan sarmoya hajmi 187,47 mln. dollarni taşkil etgan. Yil oxirigaça, jami 799,22 mln. dollarlik sarmoya özlaştiriş rejalaştirilgan, deb yozmoqda uzdaily.uz.
Uşbu mablağlar muhim investitsiya loyihalariga yönaltirilmoqda. Xususan, Angren-Pop, Samarqand-Buxora temir yöllarini elektrlaştiriş işlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Joriy yilda Samarqand-Buxoro yönalişida tezyurar yölovçi poyezdi ham qatnay boşlaydi. Şuningdek, "Navoiy-Konimex-Misken" temir yöli qurilmoqda.
Fevral oyida Angren-Pop temir yöli loyihasi tarkibiy qismi bölgan, Qamçiq dovonidan ötuvçi yerosti tunneli tutaştirilgan edi. Kompaniya vakilining sözlariga köra, ayni vaqtda unda jilo beriş, izlarni yotqiziş va elektrlaş işlari yakunlanmoqda.
Avgust oyi sönggida, "Toşkent-Buxoro" tezyurar poyezdi faoliyati yölga qöyiladi. 2017 yili "Qarşi-Termiz" temir yölini elektrlaştiriş yakunlanadi.






